“Masʼullarni jiddiy ogohlantirdim — soʻrovim shunga yarasha boʻladi” — Saida Mirziyoyeva
Prezident Administratsiyasi rahbari Sirdaryoda mahallalar, ayrim taʼlim va madaniyat maskanlaridagi haqiqiy sharoitni oʻrgandi hamda aholi bilan ochiq muloqot qildi.

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Sirdaryo viloyatida boʻldi.
Saida Mirziyoyeva viloyatda mahallalar, ayrim taʼlim va madaniyat maskanlaridagi haqiqiy sharoitni oʻrgandi hamda aholi bilan ochiq muloqot qildi.

"Yutuqlarimiz oʻz yoʻliga, ammo yigʻilib qolgan masalalar ham kam emas. Soha masʼullarini jiddiy ogohlantirdim — soʻrovim shunga yarasha boʻladi", deb yozdi Mirziyoyeva.






