platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Jurnalistlarning axloq-odob kodeksi muhokama qilindi

Jurnalistlar uyushmasi tashabbusi bilan "Etika, xavfsizlik va OAV erkinligi: sifatli jurnalistika asoslari" mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Mazkur sessiyada jurnalistning nafaqat tezkor, balki xolis, ishonchli va masʼuliyatli axborot yetkazishi, kasbiy etika talablariga rioya qilishi hamda jamoatchilik oldidagi masʼuliyatini his etishi muhimligi taʼkidlandi.

Jurnalistlarning axloq-odob kodeksi muhokama qilindi

Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi tashabbusi bilan Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi NNT hamkorligida "Etika, xavfsizlik va OAV erkinligi: sifatli jurnalistika asoslari" mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Tadbirda jurnalistika sohasi vakillari, ekspertlar, huquqshunoslar va mutaxassislar ishtirok etib, zamonaviy jurnalistika oldida turgan dolzarb vazifalar, kasbiy masʼuliyat, axborot ishonchliligi hamda jurnalistlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

Davra suhbatining kirish qismida Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Oripov, YeXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari koordinatori, elchi Antti Karttunen hamda "Mintaqaviy muloqot" NNT Oʻzbekiston filiali direktori Petra Goryup soʻzga chiqib, mavzuning dolzarbligi va jurnalistika rivojida kasbiy standartlarning ahamiyatiga eʼtibor qaratdilar.

Jurnalistlarning axloq-odob kodeksi muhokama qilindi

Davra suhbatining "Ishonch asosi sifatida etika" sessiyasida jurnalistika sifatini belgilovchi omillar, axborot isteʼmoli tendensiyalari va auditoriya ishonchini shakllantirish masalalari muhokama qilindi.

Oʻzbekiston Milliy universiteti jurnalistika professori, filologiya fanlari doktori Yoqutxon Mamatova "Xayp qayerda tugab, etika qayerda boshlanadi? Jurnalistika sifati masalalari" mavzusida maʼruza qildi.

Milliy ommaviy axborot vositalarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori Jahongir Azimov media isteʼmoli tendensiyalari va jurnalistika standartlarining auditoriya ishonchiga taʼsiri haqida fikr bildirdi.

Huquqshunos jurnalist, Oʻzbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi boshqaruvi aʼzosi Olimjon Oʻsarov esa jurnalistlarni himoya qilish professional muhitni shakllantirishning muhim sharti ekaniga eʼtibor qaratdi.

Jurnalistlarning axloq-odob kodeksi muhokama qilindi

Mazkur sessiyada jurnalistning nafaqat tezkor, balki xolis, ishonchli va masʼuliyatli axborot yetkazishi, kasbiy etika talablariga rioya qilishi hamda jamoatchilik oldidagi masʼuliyatini his etishi muhimligi taʼkidlandi.

Tadbirning navbatdagi qismi Jurnalistlar axloq-odob kodeksi va Etika komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom loyihasi muhokamasiga bagʻishlandi.

Media huquqshunos Madina Tursunova tomonidan Kodeks va Etika komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom loyihasi taqdim etildi. Unda jurnalistlarning kasbiy faoliyatida amal qilishi lozim boʻlgan axloqiy mezonlar, professional masʼuliyat va etika tamoyillari yuzasidan maʼlumot berildi.

Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Inson huquqlari va media kafedrasi dotsenti Eʼtiqod Atakulova Kodeks loyihasi boʻyicha oʻz taklif va mulohazalarini bildirdi.

Muhokamalar davomida jurnalistik faoliyatda xolislik, haqqoniylik, inson shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilish, axborot manbalari bilan ishlash madaniyati kabi masalalarning ahamiyati qayd etildi.

Ishtirokchilar tomonidan bildirilgan fikr va takliflar loyihalarni yanada takomillashtirish nuqtai nazaridan muhim ahamiyat kasb etdi.

Davra suhbati yakunida Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasining yangi aʼzolariga aʼzolik guvohnomalari topshirildi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid