DXX generali Gʻayratilla Yoziyev 15 yilga qamaldi
Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi hukmi eʼlon qilingan. Yoziyev JKning 165-moddasi (Tovlamachilik), 234-moddasi (Qonunga xilof ravishda ushlab turish yoki hibsga olish) va (Hokimiyatni suiisteʼmol qilish, hokimiyat vakolatidan tashqariga chiqish yoki hokimiyat harakatsizligi) bilan aybli deb topilgan.

DXX generali Gʻayratilla Yoziyev 15 yilga qamaldi.
Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan DXX raisining sobiq oʻrinbosari, 2024 yilning dekabridan 2026 yilning martiga qadar Xizmatning Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasiga rahbarlik qilgan general-leytenant Gʻayratilla Yoziyev 15 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda "Ezgulik" jamiyati rahbari Abdurahmon Tashanov maʼlumot berdi.
Gʻayratilla Yoziyev Oʻzbekiston Respublikasi JKning 165-moddasi (Tovlamachilik), 234-moddasi (Qonunga xilof ravishda ushlab turish yoki hibsga olish) va (Hokimiyatni suiisteʼmol qilish, hokimiyat vakolatidan tashqariga chiqish yoki hokimiyat harakatsizligi) bilan aybli deb topilgan.
Shuningdek, jinoiy guruh tarkibida DXX raisi sobiq oʻrinbosari, polkovnik Alijon Ashurov tovlamachilik, sud ishlariga aralashish va pora olish ayblovi bilan 17 yilga, DXX boshqarma boshligʻi, polkovnik Muzaffar Nurboyev hujjatlarni qalbakilashtirish, qiynoqqa solish, sud ishlariga aralashish, talon-tarojlik bilan 17 yilga, polkovnik Temur Shorisqiyev tovlamachilik, sud ishlariga aralashish va pora olish aybi bilan 16,5 yilga, xuddin shunday ayblov bilan polkovnik Gonchar Uzoqov 16,5 yilga, polkovnik O. Abdullayev 15 yilga, polkovnik Suxrob Sayfitdinov 16 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Jinoiy guruh aʼzolari Valiyev, Oʻroqov, Boysariyev va Shokirovlar ozodlikni cheklash, jarima va axloq tuzatish jazolariga hukm qilingan.
Gʻayratilla Yoziyev boshchiligidagi mazkur jinoiy guruh ishi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Korrupsiyaga qarshi kurash boshqarmasi tomonidlan tergov qilingan, sudlanuvchilar shu yilning bahorida hibsga olingan.





