platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

"Bizga uzoq yil xizmat qiladigan sifatli yoʻl kerak" – Prezident

Kelgusi yilning mart oyidan Fargʻona neftni qayta ishlash zavodida 50 ming tonna polimer bitum ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi. Yil yakuniga qadar ishlab chiqarish quvvatini kamida 100 ming tonnaga yetkazish topshirildi.

"Bizga uzoq yil xizmat qiladigan sifatli yoʻl kerak" – Prezident

– Bizga bugun arzon qurilib, ertaga yana byudjetdan pul talab qiladigan yoʻl emas, uzoq yil xizmat qiladigan sifatli yoʻl kerak, – dedi davlatimiz rahbari.

Polimer bitumdan toʻgʻri texnologiya asosida foydalanish yoʻlning xizmat muddatini 3-4 yilga uzaytirish, yuqori haroratga chidamliligini oshirish va takroriy taʼmirlash xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi.

Kelgusi yilning mart oyidan Fargʻona neftni qayta ishlash zavodida 50 ming tonna polimer bitum ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi. Yil yakuniga qadar ishlab chiqarish quvvatini kamida 100 ming tonnaga yetkazish topshirildi.

Urganch – Xiva pulli yoʻlining asfalt-beton qoplamasida ilk bor geotekstil materiali qoʻllanildi. Ushbu texnologiya yuklamani teng taqsimlash, qoplamani deformatsiyadan saqlash va yoʻlning xizmat muddatini 4-5 yilga uzaytirishga xizmat qiladi.

Mutasaddilarga polimer bitum va geotekstil texnologiyalaridan foydalanishni yoʻl qurilishi standartlariga kiritish vazifasi qoʻyildi.

Kelgusi yildan xalqaro ahamiyatdagi yoʻllarni qurish va rekonstruksiya qilishda mazkur talab majburiy boʻladi, keyinchalik davlat va mahalliy ahamiyatdagi yoʻllarga ham tatbiq etiladi.

"Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston" temir yoʻli ishga tushishi bilan yuk tashish hajmi 10 karra oshib, yiliga 15-16 million tonnaga yetishi kutilmoqda. Davlatimiz rahbari milliy temir yoʻl infratuzilmasini shunga mos ravishda rivojlantirish zarurligini taʼkidladi.

Bugungi kunda temir yoʻllarning 25 foizi toʻliq quvvatda, 15 foizi esa ortiqcha yuklama bilan ishlamoqda.

2030 yilgacha 545 kilometr yangi temir yoʻl liniyalarini qurish, elektrlashtirilgan yoʻllar ulushini 65 foizga, elektropoyezdlar parkini 31 taga yetkazish rejalashtirilgan.

Kelgusi yilda Angren – Pop temir yoʻl liniyasi modernizatsiya qilinadi, ushbu yoʻnalishda ikkinchi liniya qurish masalasi ham koʻrib chiqiladi. Aprel oyidan Toʻqimachi – Angren yoʻnalishida ikkinchi temir yoʻl qurilishi boshlanadi.

Shuningdek, Toshgʻuzor – Qumqoʻrgʻon uchastkalarining modernizatsiyasi yakunlanadi, Andijon – Xonobod va Qumqoʻrgʻon – Quduqli yoʻnalishlari toʻliq elektrlashtiriladi, Toshkent – Samarqand yoʻnalishida alohida yuqori tezlikdagi liniya qurishga kirishiladi.

Prezidentimiz xalqaro moliya tashkilotlari va investorlarni umumiy qiymati 8 milliard dollarlik mazkur loyihalarda hamkorlik qilishga chaqirdi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid