platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Andijonda qoʻllari va oyoqlari bogʻlangan ayolning jasadi topildi

Uning tanasida zoʻravonlik alomatlari mavjud boʻlgan. Voqea joyidan ashyoviy dalillar olib qoʻyilib, oʻlim sababini aniqlash uchun ekspertizalar tayinlandi. 

Andijonda qoʻllari va oyoqlari bogʻlangan ayolning jasadi topildi

Andijon viloyatida 54 yoshli ayolning zoʻravonlik alomatlari bilan jasadi topildi.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning Platina.uz`ga maʼlum qilishicha, hodisa 24 noyabr kuni Andijon tumanidagi xonadonlardan birida yuz bergan. Marhumaning qoʻl-oyoqlari bogʻlangan boʻlgan.

Voqea joyidan ashyoviy dalillar olib qoʻyilib, oʻlim sababini aniqlash uchun ekspertizalar tayinlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi "i" bandi (qasddan odam oʻldirish) hamda 164-moddasi 3-qismi "v" bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hozirda tergov davom etmoqda. Gumonlanuvchi shaxs hozircha aniqlanmagan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid