Andijonda 13 yoshli bola "Tracker" haydab yurgani aniqlandi
Aytilishicha, ona bolasiga mashina boshqarishga ruxsat bergan.

Andijonda 13 yoshli oʻgʻliga mashina boshqarishga ruxsat bergan onaga chora koʻrildi. Bu Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati matbuot xizmati xabar berdi.
Aniqlanishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, jamoatchilik eʼtiroziga sabab boʻlgan video shu yilning yozida tasvirga olingan.
Oʻgʻliga oʻzining "Tracker" avtomobilini boshqarishga bergan ona bu holat boshqa takrorlanmasligini bildirdi.
Holat yuzasidan profilaktik chora koʻrilgan va tushuntirish ishlari olib borildi.





