platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jahon

"Unda butun Rossiya Moʻgʻulistonga tegishli boʻladi": Lukashenko "rus yerlari" tushunchasi haqida keskin gapirdi

Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko Ukraina hududlarini tarixan rus yerlari deb hisoblash notoʻgʻri ekanini aytib chiqdi. 

"Unda butun Rossiya Moʻgʻulistonga tegishli boʻladi":  Lukashenko "rus yerlari" tushunchasi haqida keskin gapirdi

Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko Ukraina hududlarini rus yerlari deb hisoblash notoʻgʻri ekanini aytdi: agar tarixiy dalillarga tayanilsa, Rossiya oʻz yerlarini Moʻgʻulistonga qaytarishi kerak boʻladi.

Shu bilan birga, u rus qoʻshinlari Donbassda hujumlarni davom ettirishi va mintaqaning Ukraina nazorati ostida qolgan qismini muqarrar ravishda egallab olishini taʼkidladi.

Belarus rahbari bu haqda 25 noyabr kuni chop etilgan Fransiyaning Le Point jurnaliga bergan intervyusida maʼlum qildi.

​"Bu yerlar azaldan ruslarniki boʻlgan deyish notoʻgʻri. Ular bir vaqtlar rus boʻlgan, lekin chuqurroq qaralsa, rus yerlari ham moʻgʻullar va tatarlarga tegishli edi. Unda biz butun Rossiyani Moʻgʻulistonga qaytarishga majbur boʻlamiz. Putin buni juda yaxshi tushunadi", — dedi Lukashenko.

​Shuningdek, u agar urush davom etsa, Rossiya qoʻshinlari butun Donetsk viloyatini nazorat ostiga olishi muqarrar ekanini qayd etdi: "Rossiya Donbassda hali egallamagan bir qism yer bor — oʻsha 9 yoki 11 foiz — agar urush davom etsa, ular baribir Donbass chegaralariga yetib borishadi. Biz shundan kelib chiqishimiz kerak".

​Intervyuda Lukashenko 2022 yil fevral oyida Belarus Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi uchun tramplin vazifasini oʻtagani haqidagi daʼvolarni rad etdi.

Uning soʻzlariga koʻra, keng koʻlamli urush boshlanishidan bexabar boʻlgan va Rossiya Bosh shtabi unga hujum rejalari haqida maʼlumot bermagan. U harbiy mashgʻulotlardan soʻng Rossiya qoʻshinlari uyga qaytishi kerak boʻlganini, biroq kutilmaganda Kiyev tomon burilganini taʼkidladi.

​Bundan tashqari, Lukashenko tinchlik kelishuvi doirasida Rossiya yadroviy raketalarini Belarus hududidan olib chiqish mumkinligini istisno etmadi: "Asosiysi — tinchlik. Qanday qurollar borligi va ularni kim qayerdan olib chiqishi tinchlikning asosiy sharti boʻlishi mumkin. Shuning uchun men har qanday yechimni qoʻllab-quvvatlayman".

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid