Ukraina fuqarosi Polsha prezidenti saroyi qarshisida oʻzini yoqib yubordi
Yigitning yonidan Polshada ukrainaliklarga teng munosabatda boʻlishni talab qiluvchi hujjatlar topilgan.

Ukraina fuqarosi boʻlgan shaxs Varshava markazida oʻzini yoqib yubordi va keyinchalik ogʻir ahvolda shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Rzeczpospolita gazetasi 25 noyabr kuni xabar berdi.
Hodisa Krakovskiye Przedmiyesciye koʻchasida, Madaniyat vazirligi oldida, Prezident saroyi roʻparasida sodir boʻlgan. Erkak oʻzini nomaʼlum modda bilan yoqib yuborgan. Davlat xavfsizlik xizmati (SOP) xodimlari unga yordamga kelishgan, undan keyin oʻt oʻchiruvchilar va politsiya kelgan.
Fakt nashri xabar berishicha, yigitning yonidan ukrainaliklarga teng munosabatda boʻlishni talab qiluvchi hujjatlar topilgan.
"Bizda Ichki ishlar vazirligi va maʼmuriyatdan bu yigit, ukrainalik ekanligi haqida maʼlumot bor", deb xabar beradi gazeta senator Gjegoj Sxetinaga asoslanib.
Erkak Harbiy tibbiyot institutiga olib ketilgan va u yerda reanimatsiyada. Politsiya voqea joyini oʻrab olgan. Hodisa holatlari tekshirilmoqda.





