platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Profilaktika inspektorlari bilan tezkor bogʻlanish uchun maxsus aloqa tugmalari joriy etiladi

Aloqa tugmasi orqali yuborilgan murojaat va xabar boʻyicha profilaktika inspektorining xizmatda foydalanish uchun ajratilgan maxsus planshetiga yoki mobil qurilmasiga ovozli signal beriladi. 

Profilaktika inspektorlari bilan tezkor bogʻlanish uchun maxsus aloqa tugmalari joriy etiladi

Oʻzbekistonda 2027 yil 1 fevraldan boshlab bosqichma-bosqich fuqarolarga mahalladagi profilaktika inspektorlari bilan kunning istalgan vaqtida tezkor va toʻgʻridan toʻgʻri bogʻlanish imkonini beruvchi aloqa tugmalari joriy etiladi.

Bu haqda 25 noyabrdagi hukumat qarorida belgilandi.

Hujjatga koʻra, aloqa tugmalari aholiga qulaylik yaratish maqsadida, profilaktika inspektorlari xizmat xonasida boʻlmagan vaqtda ularga murojaat va xabar yuborish uchun profilaktika inspektorlarining mahalladagi xizmat xonalari eshiklarida oʻrnatiladi.

Aloqa tugmalarining ishlash holati hududiy ichki ishlar organlari tomonidan nazorat qilinadi. Fuqarolarning aloqa tugmalari orqali yuborgan murojaat va xabarlari bilan bogʻliq shaxsiy maʼlumotlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda himoya qilinadi.Belgilangan rejaga muvofiq, respublika boʻyicha jami 8 837 ta xizmat xonasi bosqichma-bosqich shunday qurilmalar bilan jihozlanadi. 2027 yilda 2 941 ta, 2028 yilda esa qolgan 5 896 ta xizmat xonasida aloqa tugmalari oʻrnatiladi.

Image

Bunday tugmalar orqali profilaktika inspektoriga murojaat va xabar yuborish bilan birga, ichki ishlar organlarining qisqa raqamlariga va 112 yagona dispetcherlik xizmatiga murojaat qilishning muqobil tartibi saqlanib qolinadi.

Aloqa tugmasi orqali yuborilgan murojaat va xabar boʻyicha profilaktika inspektorining xizmatda foydalanish uchun ajratilgan maxsus planshetiga yoki mobil qurilmasiga ovozli signal beriladi.

Aloqa tugmasi orqali yuborilgan murojaat va xabar ikki yoki undan ortiq profilaktika inspektori xizmat qiluvchi mahallalarda ularning barchasiga bir vaqtning oʻzida yuboriladi. Bunda har bir inspektor kelib tushgan murojaat va xabarni 5 daqiqa ichida qabul qilish choralarini koʻrishi lozim. Murojaat va xabar uni birinchi qabul qilgan profilaktika inspektori tomonidan oʻrganib chiqiladi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid