Moskvada 2027 yildan migrantlar uchun patent narxi oshadi
2027 yil 1 yanvardan boshlab tashkilotlar va yakka tartibdagi tadbirkorlarda ishlaydigan chet elliklar ruxsatnoma uchun oyiga 11 000 rubl, shaxsiy yoki maishiy maqsadlar uchun — masalan, enaga yoki uy xizmatchisi sifatida ishlaydiganlar esa 15 600 rubl toʻlaydilar.

Moskvada chet el fuqarolari uchun ish ruxsatnomalari (patent) narxini oshirish maʼqullandi. Yangi yildan boshlab oylik toʻlov miqdori migrant ishchining kompaniya, yakka tartibdagi tadbirkor yoki xususiy shaxsda ishlashiga bogʻliq boʻladi.
Soliq qonunchiligiga tegishli oʻzgartirishlar Moskva shahar dumasi deputatlari tomonidan 25 noyabr kuni qabul qilindi.
2027 yil 1 yanvardan boshlab tashkilotlar va yakka tartibdagi tadbirkorlarda ishlaydigan chet elliklar ruxsatnoma uchun oyiga 11 000 rubl, shaxsiy yoki maishiy maqsadlar uchun — masalan, enaga yoki uy xizmatchisi sifatida ishlaydiganlar esa 15 600 rubl toʻlaydilar.
Hozirda Moskvada ish ruxsatnomasi narxi oyiga 10 000 rublni tashkil etadi. Shu bois, birinchi toifadagi ishchilar uchun toʻlov 10 foizga, ikkinchi toifadagi ishchilar uchun esa 56 foizga oshadi.
Bundan tashqari, birinchi marta migrant ishchilar uchun oʻzlarini va oilalarini boqish uchun minimal daromad darajasi belgilandi. Bir yoki ikki kishilik oila uchun bu oyiga 60 000 rublni, uch yoki undan ortiq kishilik oila uchun esa oyiga 80 000 rublni tashkil qiladi.
Eslatib oʻtamiz, oʻtgan hafta Sankt-Peterburgda ish ruxsatnomalari uchun shunga oʻxshash stavkalar tasdiqlangan edi. Xuddi shu toʻlov stavkalari Leningrad viloyatida ham qoʻllaniladi.





