platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Misrda yonilgʻi tashuvchi mashina portlab, 31 kishi halok boʻldi

​El-Varraq tumanida sodir boʻlgan baxtsiz hodisa joyiga jarohatlanganlarni shifoxonalarga tashish uchun taxminan 40 ta tez tibbiy yordam mashinasi yuborildi. Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi halok boʻlganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi. 

Misrda yonilgʻi tashuvchi mashina portlab, 31 kishi halok boʻldi

Misrning Qohira shahridagi aholi zich joylashgan hududda yonilgʻi tashuvchi mashina agʻdarilib, portlashi oqibatida kamida 31 kishi halok boʻldi va yana 15 kishi jarohat oldi.

​TodayPress TV telekanalining xabar berishicha, bu haqda Misr Sogʻliqni saqlash vazirligi bayonot berdi.

​El-Varraq tumanida sodir boʻlgan baxtsiz hodisa joyiga jarohatlanganlarni shifoxonalarga tashish uchun taxminan 40 ta tez tibbiy yordam mashinasi yuborildi.

Misr hukumatiga qarashli Al-Ahram gazetasi manbalariga tayanib xabar berishicha, yuk mashinasining oldiga yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmogʻining simi tushib ketgani sababli haydovchi boshqaruvni yoʻqotgan va mashina harakat yoʻnalishini keskin oʻzgartira boshlagan.

Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi va uning rafiqasi Intisor halok boʻlganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi. Davlat rahbari, shuningdek, jabrlanuvchilar va halok boʻlganlarning oilalariga yordam koʻrsatishni topshirdi.

Mamlakat Bosh prokuraturasi yoʻl-transport hodisasi sabablari yuzasidan tergov olib borilayotganini maʼlum qildi. Shuningdek, barcha halok boʻlganlarning shaxsini aniqlash maqsadida DNK namunalari olindi.

​El-Varraq — Misr poytaxtidagi Nil daryosining gʻarbiy sohilida joylashgan tuman. Bu yerda asosan ishchi va oʻrta sinf aholisi yashaydi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid