Tramp Eronga qarshi urush uchun pul 2027 yil yanvargacha yetishini aytdi
AQSh lideri 2027 yil yanvar oyi boshida Demokratik partiya AQSh Kongressi ustidan nazoratni qoʻlga kiritgandan soʻng, uning Eronga qarshi harbiy harakatlar davom ettirish imkoniyati cheklangan boʻlishi mumkinligini tan oldi.

AQSh prezidenti Donald Tramp Eronga qarshi harbiy harakatlar uchun mablagʻ 2027 yil yanvar oyi oxirigacha yetishini maʼlum qildi.
Amerika yetakchisi bu bayonotni New York Post nashriga bergan intervyusida aytdi.
Shuningdek, Tramp 2027 yil yanvar oyi boshida Demokratik partiya AQSh Kongressi ustidan nazoratni qoʻlga kiritgandan soʻng, uning Eronga qarshi harbiy harakatlar davom ettirish imkoniyati cheklangan boʻlishi mumkinligini tan oldi.
Amerika prezidentining soʻzlariga koʻra, AQSh Eron bilan qarama-qarshilikda gʻalaba qozonmoqda. Biroq, u demokratlar mojaroni erta tugatish orqali uning natijasini oʻzgartirishi mumkinligidan xavotir bildirdi.
“Agar demokratlar buni qilsalar, ular shunchaki gʻalabani olib, uni magʻlubiyatga aylantiradilar”, dedi Tramp.
Avvalroq AQSh Senati Eron bilan urushni tugatish toʻgʻrisidagi taklifni rad etgani haqida xabar berilgan edi.





