platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Toshkentda koʻp qavatli uydan tushib ketgan bolaning ahvoli boʻyicha maʼlumot berildi

 Maʼlumotlarga koʻra, bola oʻrtoqlari bilan berkinmachoq oʻynayotgan vaqtda uyning chordogʻiga yashirinib, ehtiyotsizlik oqibatida pastga tushib ketgan. 

Toshkentda koʻp qavatli uydan tushib ketgan bolaning ahvoli boʻyicha maʼlumot berildi

Toshkentning Yashnobod tumanida 5-qavatdan tushib ketgan 2016 yilda tugʻilgan bolaning ahvoli stabil, oʻrta ogʻirlik darajasida. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Hodisa 22 noyabr kuni sodir boʻlgandi. Maʼlumotlarga koʻra, bola oʻrtoqlari bilan berkinmachoq oʻynayotgan vaqtda uyning chordogʻiga yashirinib, ehtiyotsizlik oqibatida pastga tushib ketgan. Bemor ogʻir ahvolda tez tibbiy yordam avtomashinasida Toshkent shahar 2-bolalar jarrohlik klinik shifoxonasiga olib kelingan.

Ushbu shifoxona travmatolog shifokori Ismat Nigmatovning maʼlum qilishicha, kelganda holati ancha jiddiy boʻlgani uchun bemor reanimatsiya boʻlimiga yotqizilgan. Koʻrik natijasida bosh miya chayqalishi, ikkita oʻpkaning lat yeyishi, ikkita buyrakning lat yeyishi, chap qoʻlda yelka suyagining sinib siljishi, oʻng son suyagining sinib siljishi tashxislari qoʻyilgan.

“Hozirda bolaning ahvoli stabil, oʻrta ogʻirlik darajasida. Holat kundan kunga yaxshilanib boryapti. Davo muolajalari toʻliq reja boʻyicha olib borilyapti”, dedi shifokor.

Bundan bir necha yil avval Toshkentda 6 yoshli bola koʻp qavatli uy derazasidan tushib ketgani videosi tarqalgandi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid