platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Siyosat

Tadbirkorlardan tortib startapchilargacha: OʻzLiDeP elektorati kengaymoqda

Bugun jamiyatimizda yangi iqtisodiy va ijtimoiy qatlamlar shakllanmoqda. Shu bois OʻzLiDeP aholining keng qatlamlari bilan ishlash, ularning manfaatlarini ifoda etish va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashni maqsad qilgan.

Tadbirkorlardan tortib startapchilargacha: OʻzLiDeP elektorati kengaymoqda

OʻzLiDePning navbatdagi Kongressiga tayyorgarlik doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Fargʻona va Samarqand viloyatlari partiya kengashlarining konferensiyalari boʻlib oʻtdi. Ularda partiya elektorati doirasini kengaytirish, jamiyatning yangi ijtimoiy qatlamlari bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Tadbirkorlardan tortib startapchilargacha: OʻzLiDeP elektorati kengaymoqda

Bugun jamiyatimizda yangi iqtisodiy va ijtimoiy qatlamlar shakllanmoqda. Shu bois OʻzLiDeP aholining keng qatlamlari bilan ishlash, ularning manfaatlarini ifoda etish va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashni maqsad qilgan.

Konferensiyalarda tadbirkorlar va fermerlar bilan bir qatorda, taʼlim, tibbiyot, sport sohasi vakillari, oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar, startapchilar, malakali mutaxassislar, yoshlar va ishbilarmon xotin-qizlar bilan tizimli ishlash zarurligi taʼkidlandi.

Tadbirkorlardan tortib startapchilargacha: OʻzLiDeP elektorati kengaymoqda

Zero, elektoratni kengaytirish faqat partiya aʼzolari sonini oshirish emas, balki jamiyatning turli qatlamlari manfaatlari va tashabbuslarini siyosiy maydonda ifoda etish demokratik jarayonlarning muhim qismidir. Konferensiyalarda bildirilgan takliflar partiyaning kelgusi faoliyatida oʻz aksini topadi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid