platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Qonunchilik palatasi 12 yillik taʼlim boʻyicha qonunni qabul qildi

Hujjat bilan bir yillik maktabga tayyorlovni majburiy umumiy oʻrta taʼlimning dastlabki bosqichi sifatida belgilash taklif etilmoqda. Qonun loyihasi Senatga yuborildi.

Qonunchilik palatasi 12 yillik taʼlim boʻyicha qonunni qabul qildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida maktabgacha va maktab taʼlimi tizimi integratsiyasini taʼminlashga qaratilgan qonun loyihasi uchinchi oʻqishda qabul qilindi.

Hujjat bilan bir yillik maktabga tayyorlovni majburiy umumiy oʻrta taʼlimning dastlabki bosqichi sifatida belgilash taklif etilmoqda. Shuningdek, bolalarning ushbu tayyorlovdan oʻtish huquqini kafolatlash, mashgʻulotlarni maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida tashkil etish nazarda tutilgan.

Shu maqsadda "Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida"gi hamda "Taʼlim toʻgʻrisida"gi qonunlarga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritiladi.

Qayd etilishicha, yangi tartib maktabgacha va maktab taʼlimi oʻrtasidagi uzviylikni taʼminlash, bolalarni maktabga tayyorlash sifatini oshirish hamda ularning taʼlim olish huquqlarini kafolatlashga xizmat qiladi. Shuningdek, Oʻzbekiston taʼlim tizimini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish va fuqarolarning xorijda taʼlim olishi uchun qulaylik yaratish koʻzda tutilgan. Qonun loyihasi Senatga yuborildi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid