platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Oʻzbekiston ingliz tilini bilish boʻyicha "juda past daraja"da qoldi

Sobiq sovet mamlakatlari orasida eng yaxshi natijani Gruziya koʻrsatdi: 32-oʻrin va 540 ball. 

Oʻzbekiston ingliz tilini bilish boʻyicha "juda past daraja"da qoldi

Oʻzbekiston ingliz tilini bilish boʻyicha EF English Proficiency Index 2026 jahon reytingida 101-oʻrinni egalladi.

Oʻzbekiston ingliz tilini bilish boʻyicha "juda past daraja"da qoldi

Mamlakat 421 ball toʻpladi, bu oʻtgan yilgiga nisbatan 8 ballga kam. Oʻtgan yilgi reytingda Oʻzbekiston 429 ball bilan 104-oʻrinda qayd etilgan edi.

Reytingdagi oʻrni yaxshilangan boʻlsa-da, umumiy ball pasaydi va mamlakat hamon "juda past daraja" toifasida qolmoqda.

Markaziy Osiyo mintaqasida Oʻzbekiston beshta mamlakat ichida toʻrtinchi oʻrinni egalladi:

Turkmaniston: 71-oʻrin, 476 ball

Qirgʻiziston: 90-oʻrin, 445 ball

Qozogʻiston: 99-oʻrin, 424 ball

Oʻzbekiston: 101-oʻrin, 421 ball

Tojikiston: 110-oʻrin, 405 ball

Sobiq sovet mamlakatlari orasida eng yaxshi natijani Gruziya koʻrsatdi: 32-oʻrin va 540 ball. Belarus 37-, Moldova 39-, Ukraina 41-, Armaniston 45-, Rossiya 49- va Ozarboyjon 85-oʻrindan joy oldi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid