Javohir Sindorov jahon chempionligi uchun bahsda yana durang qayd etdi
Gukesh Dommaraju hamda oʻzbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov oʻrtasidagi qarama-qarshilikning 2-partiya uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Javohir Sindorov jahon chempionligi uchun kechayotgan bahsning ikkinchi partiyasida ham durang qayd etdi.
Shaxmat boʻyicha jahon toji uchun amaldagi chempion Gukesh Dommaraju hamda oʻzbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov oʻrtasidagi qarama-qarshilikning 2-partiya uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Mazkur bahsda qora donalarda harakat qilgan hamyurtimiz kuchli raqibiga munosib qarshilik koʻrsatib, oʻyinni durang (1/2 — 1/2) bilan yakunlashga muvaffaq boʻldi.
Eslatib oʻtamiz, tomonlarning ilk uchrashuvida ham durang qayd etilgandi.
Avvalroq rossiyalik grossmeyster Sindorovni jahon toji uchun kurashda "favorit" deb atagandi.





