Issiqlik elektr stansiyalari yiliga 17,8 million kub metr suvni qayta ishlatmoqda
Shuningdek, tizim korxonalarida umumiy quvvati 15,9 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyalari ishlamoqda. Ular yiliga qariyb 24 million kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarib, 7,6 million kub metr tabiiy gazni tejash imkonini vujudga keldi.

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tizimida ekologik barqarorlikni taʼminlash, atmosferaga chiqarilayotgan tashlamalarni kamaytirish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish boʻyicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Jamiyat korxonalarida yiliga 25,9 million kub metr suv tozalanib, uning qariyb 69 foizi – 17,8 million kub metri ishlab chiqarish jarayoniga qayta yoʻnaltirilmoqda. Bu haqda OAV uchun kontent tayyorlash markazida Nargis Valiyeva ishtirokida boʻlib oʻtgan brifingda maʼlum qilindi.
Shuningdek, tizim korxonalarida umumiy quvvati 15,9 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyalari ishlamoqda. Ular yiliga qariyb 24 million kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarib, 7,6 million kub metr tabiiy gazni tejash imkonini bermoqda.
Shuningdek, 2026–2030 yillarga moʻljallangan suv resurslaridan oqilona foydalanish dasturi tasdiqlandi. Unda suvni qayta ishlatish, suv hisobini raqamlashtirish, sanoat oqova suvlari tashlanadigan nuqtalarda avtomatik monitoring stansiyalarini oʻrnatish, suv tanqis hududlarda oqova suvlarini tozalash inshootlarini loyihalashtirish hamda ichimlik suvi sarfini kamaytirish choralari belgilangan.
Chiqindilarni boshqarish va yerlarni rekultivatsiya qilish yoʻnalishida 2026 yil yanvar–sentabr oylarida chiqindilarni qayta ishlashga yoʻnaltirish boʻyicha belgilangan ishlar oʻz vaqtida bajarilib, 3,9 gektar yer maydoni rekultivatsiya qilindi. Sanoat chiqindilarini saqlash obʼektlarining texnik va ekologik xavfsizligi doimiy nazoratda. Bugungi kunga qadar chiqindilar yoʻnalishida 50 ta ekosertifikat, texnologik jarayonlar boʻyicha esa 15 ta “yashil” sertifikat olingan.
Quyosh stansiyalari hisobiga atmosferaga yiliga 12,5 ming tonna karbonat angidrid chiqarilishining oldi olinmoqda. “Yashil makon” dasturi doirasida esa 2021–2026 yillarda 361,4 gektar maydonda 596 ming tup daraxt va buta koʻchatlari ekilgan.





