platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

45 dan ortiq mamlakat ishtirokida Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi va investitsiya forumi boshlandi

Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi oʻttiz yildan ortiq vaqt mobaynida Markaziy Osiyo mamlakatlari hamda dunyoning turli davlatlaridan turizm sohasi yetakchi vakillarini bir maydonda birlashtirib kelayotgan nufuzli xalqaro platforma hisoblanadi. Joriy yilda yarmarka ekspozitsiyasida Belarus, Chexiya, Germaniya, Gruziya, Hindiston, Eron, Italiya, Malayziya, Maldiv orollari, Ozarbayjon, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston, Tailand, Turkmaniston, Turkiya, Oʻzbekiston, Xitoy/ Gonkong va Vetnam davlatlaridan kompaniya hamda tashkilotlar ishtirok etadi.

45 dan ortiq mamlakat ishtirokida Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi va investitsiya forumi boshlandi

2026 yil 25–27 noyabr kunlari CAEx Uzbekistan koʻrgazmalar majmuasida “Ipak yoʻlida turizm” 31-Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi hamda Birinchi xalqaro turizm investitsiya forumi boʻlib oʻtadi. Tadbirda 45 dan ortiq mamlakat vakillari, 600 dan ziyod xorijiy kompaniya va 20 ga yaqin xalqaro tashkilotlar ishtirok etishi kutilmoqda. Dastur doirasida xalqaro turistik yoʻnalishlar va Oʻzbekistonning investitsiya imkoniyatlari taqdimotlari, ishbilarmonlik muzokaralari hamda sohani rivojlantirish istiqbollariga bagʻishlangan muhokamalar oʻtkaziladi.

Tadbir tashkilotchilari — Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi va uning huzuridagi “Milliy PR-markazi” davlat muassasasi. Koʻrgazma operatori — Iteca Exhibitions xalqaro koʻrgazma kompaniyasi.

Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi oʻttiz yildan ortiq vaqt mobaynida Markaziy Osiyo mamlakatlari hamda dunyoning turli davlatlaridan turizm sohasi yetakchi vakillarini bir maydonda birlashtirib kelayotgan nufuzli xalqaro platforma hisoblanadi.

Joriy yilda yarmarka ekspozitsiyasida Belarus, Chexiya, Germaniya, Gruziya, Hindiston, Eron, Italiya, Malayziya, Maldiv orollari, Ozarbayjon, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston, Tailand, Turkmaniston, Turkiya, Oʻzbekiston, Xitoy/ Gonkong va Vetnam davlatlaridan kompaniya hamda tashkilotlar ishtirok etadi.

Milliy pavilonlarda madaniy-tarixiy yoʻnalishlar, dengizboʻyi va togʻ kurortlari, gastronomik sayohatlar, sogʻlomlashtirish dasturlari hamda yangi turistik mahsulotlar namoyish etiladi.

45 dan ortiq mamlakat ishtirokida Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi va investitsiya forumi boshlandi
45 dan ortiq mamlakat ishtirokida Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi va investitsiya forumi boshlandi

Jumladan, Ajariya tashrif buyuruvchilarni Gruziyaning Qora dengiz sohilidagi dam olish imkoniyatlari bilan, Belarus sanatoriy-kurort va ekologik turizm yoʻnalishlari bilan, Malayziya Visit Malaysia 2026–2027 kampaniyasi doirasidagi turistik manzillari bilan, Gonkong esa shahar turizmi va madaniy hordiq imkoniyatlari bilan tanishtiradi.

Oʻzbekiston mamlakatning barcha 14 hududi, jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahrining turizm salohiyatini namoyish etadi. Hududiy ekspozitsiyalarda Buyuk ipak yoʻli boʻylab joylashgan tarixiy shaharlar, tabiiy va togʻ turizmi yoʻnalishlari, gastronomiya, hunarmandchilik, sogʻlomlashtirish turizmi hamda yangi sayohat imkoniyatlari taqdim etiladi.

45 dan ortiq mamlakat ishtirokida Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi va investitsiya forumi boshlandi

Yarmarkaning ishbilarmonlik dasturidan B2B uchrashuvlar, turistik mahsulotlar taqdimotlari, sohaviy muhokamalar va xalqaro hamkorlar bilan muzokaralar oʻrin olgan. Tashrif buyuruvchilar turoperatorlar, aviakompaniyalar, mehmonxonalar va dam olish hududlarining takliflari bilan tanishish, shuningdek, madaniy va gastronomik tadbirlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻladi.

​Yarmarka doirasida ilk bor Birinchi xalqaro turizm investitsiya forumi oʻtkaziladi. Forum Oʻzbekistonning turizm infratuzilmasini rivojlantirish va istiqbolli loyihalarga xalqaro kapitalni jalb etishga bagʻishlanadi. Mazkur forum ilk bor davlat organlari, xalqaro moliya institutlari, investitsiya kompaniyalari, quruvchi kompaniyalari va mehmonxona biznesi vakillarini mamlakat turizm sohasiga sarmoya kiritishning aniq imkoniyatlarini muhokama qilish uchun ixtisoslashgan maydonda birlashtiradi.

45 dan ortiq mamlakat ishtirokida Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi va investitsiya forumi boshlandi

Oʻzbekistonning investitsiya salohiyati turizm bozoridagi oʻsish koʻrsatkichlari bilan mustahkamlanmoqda. 2026 yilning yanvar–oktabr oylarida mamlakatga 11,6 million nafar xorijiy turist tashrif buyurdi, bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 19 foizga koʻpdir. Turizm xizmatlari eksporti 49 foizga oshib, 6,1 milliard AQSh dollariga yetdi. Turistlar oqimining ortishi mehmonxona infratuzilmasi, zamonaviy kurortlar, transport xizmatlari va yangi turistik mahsulotlarga qoʻshimcha talabni shakllantirmoqda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid