platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jahon

Ukarinaga qarshi urushda yarim millionda ortiq Rossiya askari halok boʻlgan

Mediazona hisobotiga koʻra, xakkerlar tomonidan qoʻlga kiritgan hujjatlarga koʻra, davlatning oʻzi kamida 490 mingdan ortiq askarlar oʻlimi qayd etilgan, roʻyxatga olinmaganlarni hisoblaganda 700 mingdan oshadi. 

Ukarinaga qarshi urushda yarim millionda ortiq Rossiya askari halok boʻlgan
Foto: Mediazona

23 noyabr tomonidan eʼlon qilingan yangi hisob-kitoblarga koʻra, Rossiya-Ukraina urushida 700 mingdan ortiq rossiyalik askarlar halok boʻlgan. Bu hisob-kitob xorijda faoliyat yuritayotgan rusiyzabon Mediazona va Meduza nashrlari tomonidan tayyorlandi. Hisobot Rossiya davlat statistika xizmatidan olingan katta hajmdagi maʼlumotlarga tayanadi.

Nashrlar qoʻlga kiritgan hujjatlar bazasi asosida 2026 yil sentabr oxirigacha Rossiya davlati qayd etgan kamida 490 ming harbiy oʻlimini aniqladi. Ammo oʻlimlar davlat tizimida katta kechikish bilan paydo boʻladi. Shu sabab nashrlar ilmiy hisoblash usullariga tayanib, taxminiy raqamni ham chiqardi. Bu raqam roʻyxatga olish toʻliq yangilansa, halok boʻlganlar soni qancha boʻlishini koʻrsatadi. Unga bedarak yoʻqolgan deb qayd etilgan, lekin katta ehtimol bilan halok boʻlgan odamlar ham kiritilgan.

Ukraina tarafdori boʻlgan «Kiberpartizanlar» va «Silent Crow» xakerlik guruhlari qoʻlga kiritgan baza juda katta. Ular Rosstatga buzib kirganini 1 noyabrda eʼlon qilgan. Maʼlumotlarni esa jurnalistlarga 8 va 15 noyabr kunlari ikki qismda topshirgan.

Birinchi qismda 2021 yil boshidan 2026 yil avgustgacha boʻlgan 29,7 million yozuv bor edi. Ikkinchisida 2026 yil 29 sentabrgacha boʻlgan yana 15 million yozuv kelgan. Mediazona takroriy va xato yozuvlarni olib tashlagach, 11 658 178 ta noyob oʻlim yozuvi qoldi. Bu faqat harbiylar emas, Rossiyada qayd etilgan barcha oʻlimlar. Rosstat oʻlim statistikasini 2025 yil oʻrtalaridan beri eʼlon qilmayapti.

490 ming raqami shu baza ichidan uch guruh yozuv boʻyicha yigʻilgan. Hisobga faqat 18–64 yoshdagi erkaklar kiritilgan, chet el fuqarolari chiqarib tashlangan. 425 mingta yozuvda oʻlim sababi sifatida harbiy harakatlar koʻrsatilgan. Yana 45 mingga yaqin kishi bedarak yoʻqolgan va sud qarori bilan oʻlgan deb topilgan. 20 mingga yaqin yozuv qoʻshimcha belgilar boʻyicha aniqlangan.

Mediazona bazaning haqiqiyligini bir nechta mustaqil manba orqali tekshirgan. Nashr BBC rus xizmati bilan birga yuritadigan nomma-nom roʻyxatdagi harbiylarning 95,1 foizi bazadan topilgan. 11,6 million yozuvning 86,8 foizi kimga tegishli ekani boshqa manbalar yordamida aniqlangan. 61,1 foiziga esa meros ishi topilgan. Sud qarorlarida tilga olingan 3 376 ta dalolatnoma raqamidan 3 275 tasi ham bazada bor. Nashr shuncha maʼlumotni toʻliq soxtalashtirish imkonsiz, degan xulosaga kelgan.

Xakerlar taqdim qilgan bazani boshqa tahririyatlar ham oʻrgangan va shunga yaqin natija olgan. The Insider 472 ming, BBC, «Novaya gazeta Yevropa» va Der Spiegel 490 ming oʻlimni sanagan. «Vajnie istorii» hisobida bu son 499 ming, «Dose» markazida 521–537 ming, lekin ularga chet elliklar ham kiritilgan.

Haqiqiy yoʻqotishlar bundan koʻp, chunki harbiylar oʻlimi haftalar va oylar kechikib roʻyxatga olinadi. Hisob-kitobga koʻra, 2025 yil oxirigacha 530 mingga yaqin harbiy halok boʻlgan. 2026 yil kuziga kelib bu son 720 ming yoki undan koʻpga yetgan.

New York Times’ning yozishicha, bu hisob-kitob Rossiya urushda qancha askar yoʻqotgani haqidagi avvalgi baholardan ancha yuqori. Kreml bu maʼlumotni Rossiya jamoatchiligidan yashirib kelmoqda. Shu sabab koʻplab rossiyaliklar frontdagi oʻlim koʻlami haqida faqat yuzaki tasavvurga ega.

Nashrga koʻra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin qariyb besh yildan beri Ukrainaga qarshi keng koʻlamli urush olib bormoqda va uni yaqin orada tugatishga tayyor koʻrinmayapti. Nashr Rossiya rahbari qatagʻon, senzura va targʻibotga tayanayotganini yozadi. Shu yoʻl bilan u mamlakat ichida urush haqidagi muhim maʼlumotlarni yopiq saqlab kelmoqda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid