platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Toshkentda avtobuslarda yoʻl haqi toʻlamaganlar jami 3,6 mlrd soʻm jarimaga tortildi

Noyabr oyining dastlabki 22 kuni ichida jami 449,9 mln soʻm jarima undirilgan va 19 457 ta bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Toshkentda avtobuslarda yoʻl haqi toʻlamaganlar jami 3,6 mlrd soʻm jarimaga tortildi
Foto: Transport vazirligi

Toshkent avtobuslarida 1−22 noyabr kunlari yoʻl haqini toʻlash qoidalarini buzgan yoʻlovchilarga 19 457 ta maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Bunda kuniga oʻrtacha 884 ta qoidabuzarlik toʻgʻri keladi. Bu haqda Transport vazirligi maʼlum qildi.

Vazirlikka koʻra, yil boshidan buyon esa rasmiylashtirilgan bayonnomalar soni 158 237 taga yetdi.

Nazorat oʻtkazish oqimi ham tahlil qilinmoqda. Jumladan, 18–21 noyabr kunlari 8, 11, 14, 28, 93, 116 va 131-sonli avtobus yoʻnalishlarida jami 449 802 nafar yoʻlovchi tashilgan. Bu oʻtgan haftaning mos davriga nisbatan 5 792 nafarga yoki 1,3 foizga koʻp. Shu bilan birga, mazkur yoʻnalishlarda toʻrt kun davomida 1 228 ta maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Ayrim yoʻnalishlarda yoʻlovchilar sonining sezilarli oʻsishi kuzatildi. Xususan, 11-yoʻnalishda oʻsish 11,2 foizni, 28-yoʻnalishda 5,4 foizni, 8-yoʻnalishda 3,5 foizni hamda 14-yoʻnalishda 1,7 foizni tashkil etdi.

Yoʻl haqini oʻz vaqtida va toʻliq toʻlash — oddiy toʻlov amaliyoti emas, balki jamoat transporti rivojiga qoʻshilgan hissa, umumiy qoidalarga hurmat va fuqarolik masʼuliyati ifodasidir.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid