platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Iordaniyaning oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi

Davlatimiz rahbariga “Al Husayn ibn Ali” ordeni tantanali ravishda topshirildi. Oʻz navbatida Iordaniya Podshohi “Oliy Darajali Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlandi.

Shavkat Mirziyoyev Iordaniyaning oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi

Ammon shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Iordaniya Hoshimiylar Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn rafiqalari ishtirokida uchrashuv oʻtkazdilar.

Davlatimiz rahbari Oʻzbekiston delegatsiyasiga koʻrsatilayotgan alohida izzat-ikrom va eʼtibor uchun Podshohga samimiy minnatdorlik izhor etib, soʻnggi yillarda Iordaniya erishayotgan ulkan yutuqlarni yuksak baholadi.

Shavkat Mirziyoyev Iordaniyaning oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi

Oliy darajadagi tashrif arafasida tashkil etilgan qator tadbirlar davlatlarimiz oʻrtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi taʼkidlandi.

Uchrashuvdan soʻng ikki mamlakat yetakchilarini oliy davlat mukofotlari bilan taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Davlatimiz rahbariga Iordaniyaning oliy davlat mukofoti – “Al Husayn ibn Ali” ordeni tantanali ravishda topshirildi.

Oʻzbekiston Prezidenti ushbu yuksak mukofotda nafaqat ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlik rishtalarini mustahkamlashga qoʻshgan shaxsiy hissasiga berilgan eʼtirofni, balki Iordaniya Podshohining oʻzbek xalqiga nisbatan cheksiz hurmati, koʻp qirrali munosabatlarimiz rivojiga qaratayotgan ulkan eʼtiborining yorqin namunasini koʻrishini mamnuniyat bilan taʼkidladi.

Shavkat Mirziyoyev Iordaniyaning oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi

Oʻz navbatida, davlatimiz rahbari Iordaniya Podshohini mamlakatlarimiz oʻrtasidagi yaqin doʻstlik munosabatlari va oʻzaro anglashuvni mustahkamlash, siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni izchil rivojlantirishga qoʻshgan salmoqli hissasi uchun “Oliy Darajali Doʻstlik” ordeni bilan taqdirladi.

Taʼkidlanganidek, ushbu mukofot Podshoh Abdulla II ibn al-Husaynning ikki tomonlama munosabatlarni kengaytirish yoʻlidagi ulkan saʼy-harakatlariga Oʻzbekiston xalqi va davlati tomonidan bildirilgan yuksak ehtirom ifodasidir.

Shavkat Mirziyoyev Iordaniyaning oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi

Iordaniya yetakchisi bunday samimiy eʼtirof uchun Prezidentimizga chuqur minnatdorlik bildirib, ushbu mukofotni butun Iordaniya xalqiga, mamlakatlarimiz oʻrtasidagi azaliy doʻstlik va mustahkam hamkorlikka koʻrsatilgan alohida hurmat ramzi sifatida qabul qilishini taʼkidladi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid