platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Sanepidqoʻmita Oʻzbekistonda Koksaki virusi boʻyicha vaziyatga izoh berdi

Koksaki virusi enteroviruslar guruhiga mansub. Bolalarda isitma, koʻngil aynishi, qusish, tanada toshmalar, ogʻizda ogʻriqli yara va pufakchalar paydo boʻlishi mumkin.

Sanepidqoʻmita Oʻzbekistonda Koksaki virusi boʻyicha vaziyatga izoh berdi

Sanepidqoʻmita Oʻzbekistonda Koksaki virusi boʻyicha vaziyat barqaror ekanini bildirdi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi enterovirusli infeksiyalar, jumladan, Koksaki virusi boʻyicha epidemiologik vaziyat yuzasidan rasmiy axborot berdi.

Unga koʻra, Oʻzbekistonda vaziyat barqaror va nazorat ostida. Kasallik tarqalishi boʻyicha xavotirli holat kuzatilmayapti.

Koksaki virusi enteroviruslar guruhiga mansub. Bolalarda isitma, koʻngil aynishi, qusish, tanada toshmalar, ogʻizda ogʻriqli yara va pufakchalar paydo boʻlishi mumkin.

Qoʻllarni muntazam sovun bilan yuvish, xavfsiz ichimlik suvidan foydalanish va shaxsiy gigiyenaga rioya qilish muhimligi eslatilgan.

Fuqarolardan faqat rasmiy va ishonchli manbalarga tayanish soʻralgan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid