platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Qashqadaryoda "Energosavdo" muhandisi pora bilan qoʻlga tushdi

U fuqaro xonadoniga elektr hisoblagich noqonuniy oʻrnatilganligini, agar 300 AQSh dollari bersa dalolatnoma rasmiylashtirmaslikni aytgan. 

Qashqadaryoda "Energosavdo" muhandisi pora bilan qoʻlga tushdi

Qashqadaryo viloyatida dalolatnoma rasmiylashtirmaslikni vaʼda qilgan muhandis ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Koson tumani boʻlimi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi.

Unda “Energosavdo” filiali Koson tumani boʻlimi muhandisi A.E. fuqaro S.B.ning “Araliq” MFY hududidagi xonadoniga oʻrnatilgan elektr hisoblagichi noqonuniy oʻrnatilganligini, agar 300 AQSh dollari bersa yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali dalolatnoma rasmiylashtirmasligi va elektron dasturga kiritmasligini aytgan. Soʻngra 100 AQSh dollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi aniqlanib, qolgan 200 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid