Prezidentning Iordaniyaga davlat tashrifi yakunlandi
Malika Aliya nomidagi xalqaro aeroportda Oʻzbekiston yetakchisi va rafiqasini Iordaniya Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn kuzatib qoʻydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Iordaniya Hoshimiylar Podshohligiga davlat tashrifi yakuniga yetdi.
Mamlakatimiz yetakchisi Ammon shahrida Iordaniya Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn bilan sermahsul muzokaralar oʻtkazdi. Shuningdek, ikki mamlakat yetakchi kompaniyalari rahbarlari ishtirokidagi biznes forumiga tashrif buyurdi.


Sammit doirasida Strategik sheriklik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisidagi bitim qabul qilindi. Shu bilan birga, hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan jami 19 ta hujjat imzolandi.

Tashrif tadbirlari yakunlangach, Malika Aliya nomidagi xalqaro aeroportda Oʻzbekiston yetakchisi va rafiqasini Iordaniya Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn kuzatib qoʻydi.
Davlatimiz rahbari Toshkentga joʻnab ketdi.





