platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Siyosat

Oʻzbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi

Ammon shahridagi “Al-Husayniya” saroyida davlat tashrifi bilan Iordaniya Hoshimiylar Podshohligida boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlatimiz rahbari va rafiqasini Podshoh Abdulla II ibn al-Husayn va Malika Raniya al-Abdulla samimiy kutib oldilar. Birgalikda suratga tushildi.

Oliy martabali mehmon sharafiga toʻplardan oʻq uzildi. Saroy oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi.

Oʻzbekiston Prezidenti va Iordaniya Podshohi shohsupaga koʻtarildilar. Ikki mamlakatning davlat madhiyalari yangradi. Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan oʻtdilar, soʻng faxriy qorovul askarlari davlatimiz rahbari oldidan tantanali yurib oʻtdi.

Marosim yakunlangach, oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid