platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Ohangaronda "Cobalt" daraxtga urildi, uch kishi qurbon boʻldi

​Hodisa oqibatida avtomobil haydovchisi va 2 nafar yoʻlovchi olgan tan jarohatlari sababli hodisa joyida vafot etganlar. 

Ohangaronda "Cobalt" daraxtga urildi, uch kishi qurbon boʻldi

Ohangaron tumanida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasida uch kishi halok boʻldi. Toshkent viloyati IIBB hodisa tafsilotlarini ochiqladi.

24 noyabr kuni, soat taxminan 18:00 larda, haydovchi (R.S. 1993 y.t.) Ohangaron tumani, “Yangihayot” MFY hududidan oʻtgan A-373 “Toshkent-Olmaliq” avtomobil yoʻlida boshqaruvidagi “Cobalt” avtomashinasida rul boshqaruvini yoʻqotib, yoʻl chetidagi daraxtga urilgan.

​Hodisa oqibatida avtomobil haydovchisi va 2 nafar (1994 y.t.) yoʻlovchilari olgan tan jarohatlari sababli hodisa joyida vafot etganlar.

​Mazkur holat yuzasidan, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi, 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid