platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Maishiy gaz ballonlarini toʻldirish uchun maxsus postlar tashkil etilishi mumkin

Aholiga maishiy gaz ballonlarini toʻldirish boʻyicha qoʻshimcha imkoniyatlar yaratish maqsadida bu borada tegishli tashkilotlarga takliflar kiritildi. 

Maishiy gaz ballonlarini toʻldirish uchun maxsus postlar tashkil etilishi mumkin

Oʻzbekistondagi avtomobillarga gaz toʻldirish shoxobchalari hududida maishiy gaz ballonlarini xavfsiz toʻldirishga moʻljallangan, alohida jihozlangan maxsus postlar tashkil etilishi mumkin. Bu haqda “Hududgaztaminot” matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, aholiga maishiy gaz ballonlarini toʻldirish boʻyicha qoʻshimcha imkoniyatlar yaratish maqsadida bu borada tegishli tashkilotlarga takliflar kiritilgan.

“Hududgaztaminot” aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish, maishiy gaz ballonlarini toʻldirish imkoniyatlari hamda avtomobillarga gaz quyish shoxobchalarida ballonlarni toʻldirish uchun javobgarlik belgilangani yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda bildirilgan fikrlarga javoban maishiy gaz ballonlarini avtomobillarga gaz quyish shoxobchalarida toʻldirish xavfsizlik talablariga zid ekanini maʼlum qildi.

Ushbu tartib Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 20 oktabrdagi 649-son qarori bilan tasdiqlangan Yongʻin xavfsizligi qoidalarining 674-bandida ham belgilab qoʻyilgan. 2026 yilning 2 noyabr kuni qabul qilingan 1186-son qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga tegishli oʻzgartirish kiritilib, avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari tomonidan maishiy gaz ballonlariga suyultirilgan gaz quyish uchun maʼmuriy javobgarlik belgilandi. Mazkur norma 2027 yil 5 fevraldan kuchga kiradi.

Shu bilan birga, maishiy gaz ballonlarini toʻldirish xizmati aholi uchun cheklanmaganini, amaldagi tartibga muvofiq, bu xizmat tegishli talablarga javob beradigan va belgilangan tartibda ruxsatga ega maxsus gaz toʻldirish stansiyalari (GS) hamda shoxobchalari (GSH) orqali amalga oshiriladi. Respublika boʻyicha LPG-Trade MChJ tasarrufida boʻlmagan 360 dan ortiq gaz toʻldirish shoxobchasi va stansiyasi mavjud boʻlib, ular mustaqil yuridik shaxslar tomonidan faoliyat yuritadi. Ushbu GS va GSHlar aholi maishiy gaz ballonlarini toʻldirish huquqiga egaligini bildirdi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid