platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jahon

Eron sudlari AQShdan 290 milliard dollar tovon undirish haqida qaror chiqarganini bildirdi

Bu kompensatsiya AQShning yillar davomida mamlakatga nisbatan zararini qamrab oladi.
 

Eron sudlari AQShdan 290 milliard dollar tovon undirish haqida qaror chiqarganini bildirdi
Foto: Andaolu Agency

Eron sud tizimi vakilining aytishicha, mamlakat sudlari AQShning oʻnlab yillar davomida amalga oshirgan harakatlari uchun jami 290 milliard dollar tovon undirish haqida qaror chiqargan. Bu bayonot Eron davlat televideniyesi orqali eʼlon qilindi.


"Eron sud tizimining advokatlar markazi rahbari Hasan Abdoliyonpur dushanba kuni: «Ichki sudlarda amerikaliklardan 290 milliard dollar miqdorida tovon undirish haqida qarorlar chiqishiga erishdik", — dedi.

Davlat televideniyesi xabariga koʻra, tovon talablari AQShning bir necha oʻn yillik davrni qamrab olgan harakatlari bilan bogʻliq.

Yaqin Sharqdagi urush 28 fevral kuni AQSh va Isroilning Eron hududiga zarbalari bilan boshlangan. Hujumlarda Eron oliy rahbari Ali Xomanaiy halok boʻlgan. Eron bunga javoban mintaqa mamlakatlari boʻylab raketa va dronlar uchirgan. Tehron bu zarbalar AQSh va Isroilning mazkur mamlakatlardagi bazalari hamda obʼektlariga qaratilganini bildirgan.

AQSh va Eron oʻrtasida iyun oyida Islomobodda imzolangan anglashuv memorandumi tinchlik kelishuviga yoʻl ochishi koʻzda tutilgan edi. Hujjatda Vashington va uning mintaqadagi hamkorlari Eronni qayta tiklash hamda iqtisodiy rivojlantirish uchun kamida 300 milliard dollar ajratish rejasini ishlab chiqishi haqidagi band ham bor edi.

Bundan tashqari, Eron yadro dasturi bilan bogʻliq masalalar sabab AQShning oʻnlab yillardan beri davom etayotgan ogʻir sanksiyalari ostida qolmoqda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid