platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Iqtisod

Chet el avtomobillarining Oʻzbekistonda boʻlish muddati 90 kundan 180 kunga uzaytiriladi

Shuningdek, bojxona toʻlovlarini kechiktirib toʻlash muddati ham 60 kundan 120 kunga oshiriladi

Chet el avtomobillarining Oʻzbekistonda boʻlish muddati 90 kundan 180 kunga uzaytiriladi

Chet el avtotransport vositalarining Oʻzbekiston hududida boʻlish muddati 90 kundan 180 kunga uzaytiriladi. Bu Qonunchilik palatasi birinchi oʻqishda qabul qilgan bojxona maʼmuriyatchiligi va tashqi savdo tartiblarini soddalashtirish haqidagi qonun loyihasida nazarda tutilgan. Bu haqda palata matbuot xizmati xabar berdi.

Qonun bilan Bojxona kodeksida chet el avtomobillarini olib kirish va olib chiqish tartibi oʻzgartiriladi. Bojxona toʻlovlarini kechiktirib toʻlash muddati ham 60 kundan 120 kunga oshiriladi.

Shuningdek, bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlashda hisoblanadigan foizlar Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasiga tenglashtiriladi. Tadbirkorlar uchun bosh taʼminot summalarini kamaytirish mexanizmi ham joriy etiladi.

Litsenziya, ruxsatnoma va xabardor qilish boʻyicha arizalar va ularga ilova qilinadigan hujjatlarni “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali qabul qilish imkoniyatlari kengaytiriladi.

Qonun loyihasi endi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqiladi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid