Yil boshidan buyon 60 yoshdan oshgan mingdan ziyod erkak turmush qurdi
Erkaklar orasida eng ommabop nikoh yoshi 20-30 yoshga toʻgʻri kelgan — 141 mingta.

Yil boshidan buyon 60 yoshdan oshgan 1 031 nafar erkak turmush qurdi.
Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda 2026 yilning yanvar–sentabr oylarida FHDYo organlarida 172 mingta nikoh qayd etilgan.
Nikoh qurgan erkaklarning yosh guruhlari boʻyicha taqsimoti:
20 yoshgacha — 3 093 nafar;
20–30 yosh — 141 620 nafar;
31–40 yosh — 19 005 nafar;
41–50 yosh — 4 967 nafar;
51–60 yosh — 2 310 nafar;
61–69 yosh — 813 nafar;
70 yosh va undan kattalar — 218 nafar.





