platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jahon

Tojikiston Putinni hibsga olmagani ortidan Xalqaro jinoiy suddan chiqishini eʼlon qildi

Putin 19-20 noyabr kunlari Dushanbega borgandi. Yevropa Ittifoqi Rossiya prezidentini qoʻlga olmagani sabab Tojikistonga norozilik bildirgan. 

Tojikiston Putinni hibsga olmagani ortidan Xalqaro jinoiy suddan chiqishini eʼlon qildi

Tojikiston Xalqaro jinoiy sud tarkibidan chiqishini BMTga maʼlum qildi.

Tojikiston 20 noyabr kuni BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishga Xalqaro jinoiy sud (XJS) tarkibidan chiqish haqida rasmiy bildirishnoma yubordi. Rim statutiga koʻra, bu qaror bir yildan keyin kuchga kiradi.

Bildirishnoma yuborilgan kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Dushanbe shahriga tashrif buyurgan.

Eslatib oʻtamiz, Xalqaro jinoiy sud 2023 yilda Putinni ukrainalik bolalarni noqonuniy deportatsiya qilishda gumon qilib, uni hibsga olish uchun order bergan edi.

Tojikiston XJS aʼzosi sifatidagi majburiyatlariga qaramay, Putinni hibsga olmadi. Dushanbe 2025 yildagi tashrif chogʻida ham shunday yoʻl tutgan. Bu holat Yevropa Ittifoqi tanqidiga sabab boʻlgan.

Avvalroq esa Yevropa Ittifoqi Tojikiston Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga olish toʻgʻrisida order berilganiga qaramay, uni 19-20 noyabr kunlari qabul qilganidan afsusda ekanini bildirdi. Bu haqda Yevropa tashqi aloqalar xizmati (EEAS) bayonotida maʼlum qilindi.

Tojikiston Xalqaro jinoiy sud aʼzosi ekani sabab hibsga olish orderiga amal qilishi lozimligi aytilgan.

Eslatib oʻtamiz, XJS 2023 yil martida Putinni hibsga olishga order bergandi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid