platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Tadbirkordan fermergacha, yoshlardan ziyolilargacha: OʻzLiDeP Kongress oldidan barcha faollar uchun ochiq minbarga aylanmoqda

Partiya faqat ishbilarmonlar bilan cheklanmay, fermerlar, ziyolilar, xotin-qizlar va yoshlar manfaatlarini ham dasturiy hujjatlarda kengroq aks ettirishni maqsad qilgan. 

Tadbirkordan fermergacha, yoshlardan ziyolilargacha: OʻzLiDeP Kongress oldidan barcha faollar uchun ochiq minbarga aylanmoqda

Har qanday ijobiy oʻzgarish faol va tashabbuskor insonlarning gʻoyalaridan kuch oladi. Agar mutaxassis, tadbirkor yoki yoshlarning ovozi umumiy maqsad yoʻlida birlashsa, natija ham shunga yarasha salmoqli boʻladi.

OʻzLiDeP xabariga koʻra, 19 noyabr kungi Siyosiy Kengash qaroridan soʻng minglab boshlangʻich tashkilotlarda yigʻilishlar oʻtkazilib, jarayon tuman va shahar konferensiyalari bosqichiga koʻchgan. Endilikda partiya faqat ishbilarmonlar bilan cheklanmay, fermerlar, ziyolilar, xotin-qizlar va yoshlar manfaatlarini ham dasturiy hujjatlarda kengroq aks ettirishni maqsad qilgan.

Tadbirkordan fermergacha, yoshlardan ziyolilargacha: OʻzLiDeP Kongress oldidan barcha faollar uchun ochiq minbarga aylanmoqda


Konferensiyalarda hudud rivojiga hissa qoʻshayotgan eng munosib vakillar Kongress delegatligiga saylanmoqda. Bu esa har bir soha vakili oʻz taklifini respublika miqyosidagi muhokamalarga olib chiqishi uchun real imkoniyat yaratadi.

Hududlardagi faollarning birlashuvi mamlakat taraqqiyotiga xizmat qiladigan amaliy va hayotiy qarorlarga yoʻl ochadi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid