platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Sirdaryoda turkiyalik professorlar ishtirokida bepul tibbiy koʻriklar tashkil etiladi

3–5 dekabr kunlari Sirdaryo viloyati Bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazida bolalar uchun bepul tibbiy koʻriklar oʻtkaziladi.

Sirdaryoda turkiyalik professorlar ishtirokida bepul tibbiy koʻriklar tashkil etiladi

Bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tashabbusi bilan "Sogʻlom kelajak" aksiyasi doirasida Turkiyaning nufuzli klinikalaridan tajribali professor-shifokorlar Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurmoqda.

Mazkur tashabbus doirasida 3–5 dekabr kunlari Sirdaryo viloyati Bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazida bolalar uchun bepul tibbiy koʻriklar oʻtkaziladi.

3–5 dekabr kunlari — Bolalar nevrologiyasi yoʻnalishi

Professor-shifokor Edibe Yildiz (Prof. Dr. Edibe Yıldız) quyidagi kasalliklar boʻyicha bemorlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazib, davolash yuzasidan tegishli tavsiyalar beradi:

  • bolalarda rivojlanishning kechikishi;

  • epilepsiya;

  • bolalar serebral falaji (BSF);

  • autizm spektri buzilishlari;

  • surunkali bosh ogʻrigʻi;

  • neyrometabolik hamda irsiy nevrologik kasalliklar.

3–4 dekabr kunlari — Jarrohlik yoʻnalishlari

Ushbu kunlarda turkiyalik yetakchi jarrohlar tomonidan ixtisoslashgan maslahat va koʻriklar tashkil etiladi:

  • Professor Mehmet Bozkurt — bolalar rekonstruktiv jarrohligi;

  • Professor Sulaymon Chelebi — bolalar urologiyasi va umumiy jarrohlik;

  • Professor Serhat Pusat — umurtqa pogʻonasi jarrohligi va neyroxirurgiya.

Barcha tibbiy koʻriklar bepul amalga oshiriladi. Koʻrikka keluvchi bemorlarning ota-onalaridan avval oʻtkazilgan EEG, MRT, genetik tahlillar va boshqa tegishli tibbiy tekshiruv natijalarini oʻzlari bilan olib kelishlari soʻraladi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid