Shavkat Mirziyoyev va rafiqasi Iordaniyaga yetib bordi
Prezidentimiz va rafiqasini Iordaniya Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn va Malikasi Raniya al-Abdulla, shahzoda Gʻoziy ibn Muhammad va rafiqasi kutib oldilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida davlat tashrifi bilan Iordaniyaga keldi.
Mamlakat havo hududida davlatimiz rahbarining samolyotiga Podshohlik Harbiy-havo kuchlarining qiruvchi uchoqlari hamrohlik qildi.
Malika Aliya nomidagi xalqaro aeroportda Prezidentimiz va uning rafiqasini Iordaniya Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn va Malikasi Raniya al-Abdulla, shahzoda Gʻoziy ibn Muhammad va rafiqasi kutib oldilar.
.jpg)
Oliy martabali mehmonlar sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Yetakchilar rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutladilar va faxriy qorovul safi oldidan oʻtdilar.
Tashrifning asosiy tadbirlari ertaga, 24 noyabr kuni boʻlib oʻtadi.





