platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Sport

Oʻzbekiston U17 jahon chempionatida Yamayka ustidan muhim gʻalabaga erishdi

Bu natijadan soʻng, Sergey Chigodayev shogirdlari 3 ochko jamgʻarib, guruhdan chiqish imkoniyatini saqlab qoldi. 1-turda oʻzbekistonliklar Kot-d’Ivuarga 1:2 hisobida yutqazgan edi. 

Oʻzbekiston U17 jahon chempionatida Yamayka ustidan muhim gʻalabaga erishdi

Qatarda 17 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasida jahon chempionati davom etmoqda.

Oʻzbekiston U17 terma jamoasi Ye guruhining 2-turida Yamaykaga qarshi maydonga tushdi va hisobda ikki marta ortda qolayotgan boʻlsa-da, yakunda 6:2 hisobida gʻalaba qozondi. Oʻzbekiston tarkibida Suhrob Sadirjonov het-trik sohibi boʻldi.

Bu natijadan soʻng, bosh murabbiy Sergey Chigodayev shogirdlari 3 ochko jamgʻarib, guruhdan chiqish imkoniyatini saqlab qoldi. 1-turda oʻzbekistonliklar Kot-d’Ivuarga 1:2 hisobida yutqazgan edi. Yakuniy oʻyin 26 noyabr kuni Italiyaga qarshi oʻtkaziladi. Bahs soat 19:00 da boshlanadi.

U-17 Jahon chempionati, 2-tur

Oʻzbekiston U-17 — Yamayka U-17 6:2
Gollar: 0:1 — Kelvin Braun (8), 1:1 — Laziz Abduraimov (9), 1:2 — Kelvin Braun (25), 2:2 — Suhrob Sadirjonov (31), 3:2 — Suhrob Sadirjonov (48), 4:2 — Suhrob Sadirjonov (58), 5:2 — Amirxon Erkinov (79), 6:2 — Ahrorbek Ravshanbekov (90+2).

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid