KXDR Trampning muzokara takliflarini javobsiz qoldirdi
Avvalroq Xitoyda Kim Chen In va Tramp uchrashishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Ammo bu oʻz tasdigʻini topmadi.

Shimoliy Koreya yadro qurollari sonini oshirib, Trampning muzokara takliflarini javobsiz qoldirgan. Bu haqda The Wall Street Journal xxabar bberdi.
Nashr maʼlumotlariga koʻra, Kim Chen In va Trampning 2019 yildagi soʻnggi uchrashuvidan buyon Shimoliy Koreyaning yadro kallaklari soni qariyb 60 taga yetgan. Yangi sunʼiy yoʻldosh tasvirlari mamlakatda uranni boyitish korxonasi ham kengayganini koʻrsatmoqda.
AQSh prezidenti sifatidagi birinchi muddati davomida, 2016 yildan 2020 yilgacha, Donald Tramp Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan uch marta uchrashib, uni Pxenyan yadroviy dasturidan voz kechishi xavfsiz ekanligiga ishontirishga harakat qilgan.
2024 yilda Oq uyga qaytganidan soʻng, Tramp muloqot oʻrnatishga urinishlarini davom ettirdi. Ammo endi Kim Chen In Vashingtondan kelayotgan barcha signallarni eʼtiborsiz qoldirmoqda.
Masalan, 2025 yilda Tramp Shimoliy Koreya yetakchisi bilan telefon orqali bogʻlanishga harakat qildi. Ammo Pxenyandan bu kanal orqali aloqa qilish taklifiga hech kim javob bermadi. Tramp hatto bu muammoni bilvosita tan oldi va "ularda yadroviy qurollar koʻp, ammo telefon aloqasi yomon" ekanligini taʼkidladi.
AQShning Shimoliy Koreya bilan muzokaralarni qayta boshlashga urinishlari esa hozircha natija bermagan.
Avvalroq Xitoyda Kim Chen In va Tramp uchrashishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Ammo bu oʻz tasdigʻini topmadi.





