platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Iqtisod

Kelgusi yil maoshlar qanchaga oshishi mumkin? Markaziy bank kutilmalarni eʼlon qildi

Kelgusi 12 oy uchun inflyatsion kutilmalar 6,6% ni (sentabrda — 6,3%), kelgusi 3 yil uchun kutilmalar esa 5,3% ni (5,2%) tashkil etdi. 

Kelgusi yil maoshlar qanchaga oshishi mumkin? Markaziy bank kutilmalarni eʼlon qildi

2026 yilning oktabr oyida oʻtkazilgan soʻrov natijalari moliya sohasi ekspertlarining inflyatsiya boʻyicha kutilmalari biroz oshganini koʻrsatmoqda. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati maʼlum qildi.

​Kelgusi 12 oy uchun inflyatsion kutilmalar 6,6% ni (sentabrda — 6,3%), kelgusi 3 yil uchun kutilmalar esa 5,3% ni (5,2%) tashkil etdi.

Kelgusi yil maoshlar qanchaga oshishi mumkin? Markaziy bank kutilmalarni eʼlon qildi

​Ekspertlarning 50 foizi (sentabrda — 55%) inflyatsiyaning 5% lik maqsadli koʻrsatkichiga 2027–2028 yillarda erishilishini kutmoqda. Ekspertlarning 89 foizi (sentabrda — 84%) Markaziy bank boshqaruvining navbatdagi yigʻilishidan soʻng asosiy stavkaning yillik 14% darajasida saqlab qolinishini kutmoqda. Kelgusi 12 oydan soʻng esa 13,2% darajasida boʻlishi kutilmoqda.

​Ekspertlar real YaIM oʻsishini joriy yilda 7,1%, kelgusi yilda 6,7%, nominal ish haqi oʻsishini esa mos ravishda 14 va 13,3% darajasida baholamoqda.

Kelgusi yil maoshlar qanchaga oshishi mumkin? Markaziy bank kutilmalarni eʼlon qildi
Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid