platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jahon

Jensen Xuang Nvidia bosh direktori lavozimiga qaytarildi

Ushbu xabardan soʻng kompaniya aksiyalari keskin koʻtarildi. 

Jensen Xuang Nvidia bosh direktori lavozimiga qaytarildi

Jensen Xuang Nvidia bosh direktori lavozimiga qaytarildi.

Kompaniya veb-saytida Jensen Xuang Nvidia prezidenti va bosh direktori lavozimiga qayta tiklangani eʼlon qilindi. Xuang bilan bir nechta uchrashuvlardan soʻng, direktorlar kengashi uning halolligi va kompaniyani boshqarish qobiliyatiga amin boʻlgan.

"Kengash Jensen Nvidia kompaniyasini boshqarish uchun toʻgʻri odam ekanligiga va uning qaytishi aksiyadorlarimiz, xodimlarimiz, sheriklarimiz va mijozlarimiz manfaatlariga mos kelishiga ishonadi", dedi rais Xarvi Jons.

Qaror qabul qilish jarayonida direktorlar kengashi AQSh hukumatining yuqori lavozimli amaldorlaridan fikr-mulohazalarni oldi va Xuangning qayta tiklanishi milliy xavfsizlikka tahdid solmaydi degan xulosaga keldi.

Eslatib oʻtamiz, Xuang Xitoy josusi boʻlishda gumonlangan ayol bilan munosabati sabab ishdan ketgandi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid