platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Andijonda bankir 3,2 mlrd soʻmdan ortiq pulni qimorga tikib yubordi

U bankda mijozlarning xalqaro pul oʻtkazmalariga masʼul boʻlgan. Bank xodimi mijozlar hisobidagi pullarni oʻzining xalqaro plastik kartasiga oʻtkazib olgan. 

Andijonda bankir 3,2 mlrd soʻmdan ortiq pulni qimorga tikib yubordi

Andijon shahrida mijozlarning xalqaro pul oʻtkazmalariga masʼul boʻlgan bank xodimi 3,2 mlrd soʻmdan ortiq (taxminan 250 ming dollar) mablagʻni onlayn qimor oʻyinlariga tikib yuborgani aniqlandi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Bank xodimi mijozlar hisobidagi pullarni oʻzining xalqaro plastik kartasiga oʻtkazib olgan. Jismoniy shaxslarning mablagʻlarini egalariga qaytarish vaqti kelganda kamomad fosh boʻlgan.

"Juda katta miqdorda pul yutqazib qoʻyganman, buni toʻliq tan olaman. Yutqazish jarayonida oilamdan, hamkasblarimdan, hammasidan ajralganman. Buni oʻynagan odamning koʻziga hech narsa koʻrinmay qolar ekan. Hozir qilgan ishimdan juda qattiq afsusdaman. Bu oʻyinning oxiri faqat pul yutqazish emas, hayotini yutqazish bilan ham tugar ekan", — dedi u.

Holat yuzasidan Andijon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a» bandi (Juda koʻp miqdorda oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid