Abdumalik Nazirov energetika vazirining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi
Avvalgi birinchi oʻrinbosar Umid Mamadaminov Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi direktori boʻldi.

Prezidentning tegishli qarori bilan Mamadaminov Umid Mahmudovich Oʻzbekiston Respublikasi Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.
Shu munosabat bilan u Energetika vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi
Abdumalik Abdusalimovich Nazirov energetika vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
U bunga qadar "Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ boshqaruvi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.





