platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Toshkent havosiga Qozogʻistondan chang massalari kirib kelmoqda

Poytaxtda havo ifloslanishiga taʼsir etuvchi omillar shakllanishi haqida xabar berildi. Bu holat Oʻzgidrometning Toshkent shahri boʻylab joylashtirilgan atmosfera havosi sifatini monitoring qilish avtomatik stansiyalari maʼlumotlarida ham aks etdi. 

Toshkent havosiga Qozogʻistondan chang massalari kirib kelmoqda

Soʻnggi besh kun davomida Toshkent shahrida yogʻingarchilikning kuzatilmagani, shamol tezligining nisbatan pastligi va havo almashinuvining sustligi shahar atmosferasida ifloslantiruvchi moddalarning tarqalishini qiyinlashtirmoqda.

Shu bilan birga, Qozogʻiston hududidan havo oqimlari orqali transchegaraviy chang massalarining Toshkent viloyati va Toshkent shahri tomon kirib kelishi kuzatilmoqda.

Bu holat Oʻzgidrometning Toshkent shahri boʻylab joylashtirilgan atmosfera havosi sifatini monitoring qilish avtomatik stansiyalari maʼlumotlarida ham aks etmoqda. Xususan, poytaxt hududidagi stansiyalarda ifloslantiruvchi moddalar konsentratsiyasining sezilarli ortishi qayd etilmagani, biroq chegaraoldi avtomatik stansiyalarida 2026 yil 17–21 noyabr kunlari olingan monitoring natijalarida PM2.5 va PM10 chang zarrachalari miqdorining yuqori koʻrsatkichlari kuzatilgani chang massalarining tashqi hududlardan kirib kelayotganini koʻrsatuvchi muhim dalillardan biridir.

Mazkur davrda, ayniqsa, "Sofiya" va "Green University" chegaraoldi monitoring stansiyalarida PM2.5 va PM10 zarrachalari konsentratsiyasining yuqori koʻrsatkichlari qayd etilgan.

Bundan tashqari, avtotransport vositalari, qurilish maydonlari va sanoat korxonalaridan chiqadigan tashlamalar ham atmosfera havosi sifatiga taʼsir etuvchi mahalliy omillar hisoblanadi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid