platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Iordaniyaga boradi

Tashrif dasturiga muvofiq, Amman shahrida oliy darajadagi muzokaralar, ikki mamlakat rasmiylari hamda ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes forumiva boshqa tadbirlar oʻtkaziladi.

Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Iordaniyaga boradi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II ibn al-Husaynning taklifiga binoan 23-24 noyabr kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda boʻladi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Amman shahrida oliy darajadagi muzokaralar, ikki mamlakat rasmiylari hamda ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes forumiva boshqa tadbirlar oʻtkaziladi.

Boʻlajak muzokaralar kun tartibidan Oʻzbekiston – Iordaniya munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari oʻrin olgan. Xususan, toʻqimachilik, togʻ-kon va kimyo sanoati, qishloq xoʻjaligi, farmatsevtika kabi ustuvor sohalardagi sheriklikni rivojlantirish, shuningdek, madaniy-gumanitar aloqalar va sayyohlik almashinuvlarini faollashtirishga alohida eʼtibor qaratiladi.

Muzokaralar yakunlari boʻyicha bir qator hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid