Saida Mirziyoyeva dunyoning eng yirik aviatashuvchi kemalaridan biriga chiqdi
Prezident administratsiyasi rahbari AQSh prezidenti vakili Serjio Gor bilan birga Hindiston sohillari yaqinida dunyoning eng yirik aviatashuvchi kemalaridan biri – "USS George Washington" kemasi bortida boʻldi.

Saida Mirziyoyeva dunyoning eng yirik aviatashuvchi kemalaridan biriga ekskursiya uyushtirdi.

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva AQSh prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Serjio Gor bilan birga Hindiston sohillari yaqinida dunyoning eng yirik aviatashuvchi kemalaridan biri – "USS George Washington" kemasi bortiga chiqdi.

"Bu ulkan kema tuzilishi, noyob texnologiyalari bilan tanishish va ekipaj aʼzolarining faoliyatini kuzatish oʻzgacha taassurot qoldirdi", – deya yozib qoldirgan Saida Mirziyoyeva oʻz telegram-kanalida.





