Qarshidagi uyda gaz portlashi yuz berdi
Hodisa oqibatida ikki kishi kuyish tan jarohati bilan shifoxonaga murojaat qilgan.

22 noyabr kuni soat 00:28 da Qarshi shahri Botosh mahallasi hududida joylashgan koʻp qavatli turar joy binosining 2-qavatidagi xonadonlardan birida gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir boʻldi.
Hodisa oqibatida 2 nafar fuqaro kuyish tan jarohati bilan shifoxonaga murojaat qilgan.
Shuningdek, chaqnash natijasida yongʻin yuzaga kelgan va qutqaruvchilar tomonidan oʻchirilgan.
Ayni paytda masʼul idoralar tomonidan hodisaning kelib chiqish sabablari va holatlarini aniqlash yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ushbu hodisa oqibatida vafot etganlar yoʻq.





