Fargʻona vodiysiga elektr uzatuvchi tarmoqdagi avariya bartaraf etildi
Qulagan tarmoq tayanchi qayta tiklanib, taʼmirlash va sinov ishlari belgilangan meʼyoriy muddatlardan avval yakunlangan hamda elektr energiyasini uzatish tiklangan.

Tojikiston hududidan oʻtuvchi, "Sirdaryo" issiqlik elektr stansiyasi hamda "Oʻzbekiston" podstansiyasini bogʻlovchi 500 kV kuchlanishli "L-503" elektr uzatish tarmogʻidagi avariya oqibatlari toʻliq bartaraf etilib, 22 noyabr kuni soat 01:21 da tarmoq qayta ishga tushirildi.
Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Vazirlik maʼlumotiga koʻra, avariya yuz bergan ilk soatlardan boshlab mutaxassislar noqulay ob-havo va murakkab togʻli-adirlik relefi sharoitida 24 soatlik uzluksiz rejimda ish olib borgan.
Natijada qulagan tarmoq tayanchi qayta tiklanib, taʼmirlash va sinov ishlari belgilangan meʼyoriy muddatlardan avval yakunlangan hamda elektr energiyasini uzatish tiklangan.
Eslatib oʻtamiz, avariyaviy uzilish 19 noyabr kuni yuz berdi toʻxtagan va Fargʻona vodiysining ayrim hududlarida elektr taʼminotiga vaqtinchalik cheklovlar kiritilgandi.





