platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Yashnobodda 2,4 mlrd soʻmlik yashirin koll-markaz fosh etildi

Gumonlanuvchilar Yevropa mamlakatlari fuqarolariga soxta hujjatlar tayyorlash hamda kriptoaktivlar bilan ishlash boʻyicha taʼlim berish xizmatlarini taklif qilgan. 

Yashnobodda 2,4 mlrd soʻmlik yashirin koll-markaz fosh etildi

Yashnobod tumanidagi xonadonlardan birida faoliyat yuritgan yashirin koll-markaz aniqlandi.

Toshkent shahar IIBB maʼlumotiga koʻra, guruh aʼzolari Yashnobod tumanidagi xonadonda yashirin ravishda koll-markaz tashkil etib, oʻz faoliyatini olib borgan.

Gumonlanuvchilar Yevropa mamlakatlari fuqarolariga soxta hujjatlar tayyorlash hamda kriptoaktivlar bilan ishlash boʻyicha taʼlim berish xizmatlarini taklif qilgan. Ular ushbu takliflar orqali xorijiy fuqarolarni aldash va mablagʻlarini qoʻlga kiritishda gumon qilinmoqda.

Xabarda mazkur faoliyat bilan bogʻliq kriptoaktivlar aylanmasi 2,4 mlrd soʻmni tashkil etgani qayd etilgan.

Holatga 10 kishidan iborat guruh aloqador ekani bildirilmoqda. Ular oʻz faoliyatini oddiy turar joyda tashkil etilgan koll-markaz orqali amalga oshirgan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid