platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Toshkent avtobuslaridagi oynalar nega qoraytirildi?

Bu orqali salondagi moʻʼtadil haroratni saqlash va konditsioner hosil qilgan salqinlikni uzoqroq taʼminlash koʻzlanishi aytilgan. 

Toshkent avtobuslaridagi oynalar nega qoraytirildi?

Toshkent avtobuslaridagi qoraytirilgan oynalar yuzasidan tushuntirish berildi.

​Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi avtobuslar oynalarining qoraytirilishi yoʻlovchilarga tashqarini koʻrishda noqulaylik tugʻdirayotgani, ayrim avtobuslarda esa bekatlar nomini koʻrsatuvchi elektron tablolar ishlamayotgani tanqid qilindi.

Holat yuzasidan "Toshshahartransxizmat" izoh berdi.

​Munosabatga koʻra, avtobus oynalari yozda yoʻlovchilarni quyosh nurlarining bevosita taʼsiridan himoya qilish, salonning ortiqcha qizib ketishining oldini olish hamda konditsioner samaradorligini oshirish maqsadida maxsus qoraytirilgan. Bu orqali salondagi moʻʼtadil haroratni saqlash va konditsioner hosil qilgan salqinlikni uzoqroq taʼminlash koʻzlangan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid