platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Iqtisod

S&P Oʻzbekistonning kredit reytingini "BB+" darajasiga koʻtardi

Bu mamlakatimiz tarixida hozirgacha erishilgan eng yuqori koʻrsatkich, endi "investitsiyaviy" (BBB-) pogʻonaga bir qadam qoldi.

S&P Oʻzbekistonning kredit reytingini "BB+" darajasiga koʻtardi

"S&P Global Ratings" xalqaro agentligi Oʻzbekistonning suveren kredit reytingini "barqaror" prognoz bilan "BB+" darajasiga koʻtardi. Bu haqda Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva maʼlum qildi.

Bu mamlakatimiz tarixida hozirgacha erishilgan eng yuqori koʻrsatkich, endi "investitsiyaviy" (BBB-) pogʻonaga bir qadam qoldi.

"​Bu yutuq tizimli iqtisodiy islohotlar, muvozanatli moliya siyosati hamda Prezidentimizning uzoqni koʻzlagan strategik yondashuvi samarasidir. Ijobiy natijalarimizni taqdim etish borasida ishchi guruhimizning tezkor va ochiq tahliliy muloqotlari "S&P" tomonidan alohida eʼtirof etildi.

​Yurtimizga boʻlgan ishonchni mustahkamlash, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish yoʻlidagi qatʼiy harakatimizni davom ettiramiz", deya yozadi Mirziyoyeva.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid