platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev asarlari Iordaniya Milliy kutubxonasidan joy oldi

1975 yilda tashkil etilgan mazkur kutubxona mamlakatning kitoblari, milliy hujjatlari, qadimiy qoʻlyozmalari, davriy nashrlari va tarixiy manbalarini jamlash, saqlash hamda kelajak avlodlarga yetkazishga xizmat qiluvchi muhim davlat muassasasidir. 

Shavkat Mirziyoyev asarlari Iordaniya Milliy kutubxonasidan joy oldi

Ammon shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Hozirgi zamon va Yangi Oʻzbekiston” nomli asari taqdimoti doirasida mamlakatimizning boy tarixiy merosi, bugungi bunyodkorlik salohiyati, keng koʻlamli islohotlari va istiqbolli taraqqiyot yoʻliga bagʻishlangan ilmiy-maʼrifiy nashrlar Iordaniyaning nufuzli madaniy muassasalaridan biri — Milliy kutubxonasida ham taqdim etildi.

Iordaniya Madaniyat vazirligi Bosh kotibi doktor Nidal al-Ahmad Oʻzbekiston delegatsiyasi aʼzolari, xususan Barqaror rivojlanish markazi vakillarini kutubxona faoliyati, uning boy kitob va hujjatlar fondi, tarixiy qoʻlyozmalarni saqlash, milliy madaniy merosni asrab-avaylash hamda ilmiy tadqiqotlarni axborot manbalari bilan taʼminlash borasidagi ishlar bilan tanishtirdi.

Tadbir doirasida Yangi Oʻzbekistonning tarixiy ildizlari, bugungi bunyodkorlik salohiyati, milliy yuksalish surʼatlari va kelajakka qaratilgan strategik maqsadlarini aks ettiruvchi, mamlakatimizda kechayotgan tub oʻzgarishlar hamda oʻziga xos taraqqiyot modeli — “Yangi Oʻzbekiston fenomeni”ning mazmun-mohiyatini ochib beruvchi arab tilidagi 9 ta kitob va kitob-albom keng jamoatchilikka taqdim etildi.

Shavkat Mirziyoyev asarlari Iordaniya Milliy kutubxonasidan joy oldi

Mazkur nashrlarni Iordaniya Madaniyat vazirligi Bosh kotibi doktor Nidal al-Ahmad qabul qilib oldi.

Ular orasida «Shavkat Mirziyoyev — jahon miqyosidagi davlat va siyosat arbobi» kitob-albomi alohida oʻrin tutib, unda Oʻzbekiston Prezidentining ichki va tashqi siyosat borasidagi tashabbuslari, mamlakatda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar va ularning xalqaro ahamiyatiga xorijiy davlatlar rahbarlari hamda xalqaro tashkilotlar vakillari tomonidan berilgan yuksak baho va eʼtiroflar jamlangan. «Mustaqillik zafarnomasi» kitob-albomi esa davlat mustaqilligimizning 35 yilligiga bagʻishlangan boʻlib, xalqimizning istiqlol yillarida bosib oʻtgan murakkab va sharafli yoʻli, milliy davlatchilikni mustahkamlash borasidagi saʼy-harakatlari hamda Yangi Oʻzbekiston davrida erishilayotgan tarixiy yutuqlarni yorqin aks ettiradi.

Shuningdek, «Oʻzbekiston: Uchinchi Renessans — taraqqiyot konsepti» badiiy-publitsistik asari mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ezgu strategik maqsadning gʻoyaviy asoslari, ustuvor yoʻnalishlari va amaliy natijalarini ochib beradi. Unda Shavkat Mirziyoyevning falsafiy qarashlari, islohotchilik tafakkuri va mamlakat kelajagiga qaratilgan strategik yondashuvlari yoritilgani, shuningdek, Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Muhammad Shahboz Sharifning kirish soʻzi oʻrin olgani asarning xalqaro ahamiyatini yanada oshiradi. “Yangi Oʻzbekiston: tinchlik, insonparvarlik va bagʻrikenglik diyori” kitob-albomi esa mamlakatimizda millatlararo totuvlik va dinlararo bagʻrikenglikni mustahkamlash, jamiyatda tinchlik va hamjihatlik muhitini qaror toptirish, xorijiy davlatlar bilan ochiq, pragmatik va oʻzaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish borasidagi siyosatning mazmun-mohiyatini ochib beradi.

Umuman, ushbu nashrlar Oʻzbekistonning mustaqillik yillaridagi taraqqiyot yoʻli, xalqimizning bunyodkorlik salohiyati, milliy qadriyatlari va jamiyat hayotidagi tub oʻzgarishlarni tarixiy hujjatlar, tahliliy materiallar va noyob fotosuratlar orqali yaxlit tarzda namoyon etadi.

Taʼkidlash joizki, 1975 yilda tashkil etilgan Iordaniya Milliy kutubxonasi mamlakatning kitoblari, milliy hujjatlari, qadimiy qoʻlyozmalari, davriy nashrlari va tarixiy manbalarini jamlash, saqlash hamda kelajak avlodlarga yetkazishga xizmat qiluvchi muhim davlat muassasasidir. U nafaqat Iordaniya milliy madaniy merosining ishonchli xazinasi, balki olimlar, tarixchilar, tadqiqotchilar, talabalar va xalqaro ilmiy hamjamiyat uchun ham muhim axborot-maʼrifiy markaz hisoblanadi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid